Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Milliy xavfsizlik kengashida «tozalash» boshlandi: yuqori lavozimli amaldorlar ishdan bo‘shatildi!

AQSh Milliy xavfsizlik kengashida «tozalash» boshlandi: yuqori lavozimli amaldorlar ishdan bo‘shatildi!

Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, 3 aprel kuni ertalab AQSh Milliy xavfsizlik kengashining bir necha yuqori lavozimli amaldorlari ishdan bo‘shatildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ishdan bo‘shatilganlar orasida texnologiyalar va milliy xavfsizlik bo‘yicha katta direktor Devid Feyt ham bor. Ishdan bo‘shatishlarning aniq sabablari ma’lum qilinmagan, biroq ikki manba buni ichki tekshiruvlar bilan bog‘lagan.

So‘nggi haftalarda Donald Tramp ma’muriyati bir qator janjallar girdobiga tushib qoldi. Ularning markazida prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts turibdi. U harbiy operasiyalar haqidagi maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishi bilan bog‘liq, uning yordamchilari esa harbiy masalalarni muhokama qilish uchun himoyalanmagan elektron pochtadan foydalangani aniqlangan. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Oq uyda uning ehtimoliy iste’fosi allaqachon muhokama qilinmoqda.

Kiritildi: 22:10 03.04.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!