Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Milliy razvedka rahbari iste’fo oldidan COVID-19 va saylovlarga oid maxfiy ma’lumotlarni ochmoqchi

AQSh Milliy razvedka rahbari iste’fo oldidan COVID-19 va saylovlarga oid maxfiy ma’lumotlarni ochmoqchi

Qo‘shma Shtatlar Milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard lavozimini tark etishdan oldin bir qator yirik ichki surishtiruvlar natijalarini oshkor qilmoqchi. Bular qatorida COVID-19 pandemiyasi, "Gavana sindromi" va 2020 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga oid ma’lumotlar bor.

Bu haqda "Daily Wire" razvedkadagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Ushbu maxfiy ma’lumotlar iyun oyi davomida har hafta bo‘lib-bo‘lib e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manbaning bildirishicha, Gabbard shu vaqtgacha hukumatning 500 mingdan ortiq maxfiy hujjatlarini ochiqlashga ulgurgan. Ular orasida Jon Kennedi, Robert Kennedi va Martin Lyuter King qotilliklari, uchuvchi Ameliya Erxartning g‘oyib bo‘lishi hamda Bayden ma’muriyatining ichki terrorizmga qarshi maxfiy rejalariga oid hujjatlar mavjud, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 17:31. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!