Qo‘shma Shtatlar Meksika chegarasi yaqinida dronlarga qarshi lazer tizimidan foydalanmoqchi.
Bu haqda AQSh Federal aviasiya ma’muriyati va Pentagon e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar hukumatga janubiy chegarada dronlarga qarshi kurashish uchun yuqori energiyali lazer tizimidan foydalanishga ruxsat beruvchi shartnoma imzoladilar.
Ta’kidlanishicha, Federal aviasiya ma’muriyati ilgari tizimni Nyu-Meksikoda sinovdan o‘tkazgan. Tekshiruv amaldagi xavfsizlik choralari talablarga javob berishini va yo‘lovchi aviasiyasi uchun ortiqcha xavf tug‘dirmasligini tasdiqladi.
Sinovda Pentagon va AQSh Ichki xavfsizlik departamenti tomonidan joylashtirilgan lazer tizimidan foydalanilgan.