AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Yaqin Sharq xaritasini e’lon qildi. Unda G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy sohili Isroil tarkibiga kiritilgan holda tasvirlangan.
Mazkur xarita CENTCOM rahbari Bred Kuperning Yaqin Sharqqa safariga bag‘ishlangan X ijtimoiy tarmog‘idagi publikasiyaga ilova qilingan.
E’tiborlisi, ma’lum vaqt o‘tgach, qo‘mondonlik ushbu tasvirni boshqa xarita bilan almashtirgan.
CENTCOM xaritaning dastlabki varianti nima sababdan joylashtirilgani va keyinchalik nega almashtirilgani haqida hozircha izoh bermagan.