AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Milliy gvardiya jangchilari Vashington va Chikagodan tashqari yana bir qator yirik shaharlarga joylashtirilishini tan oldi.
Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem CBS telekanalida ma’lum qildi.
Milliy gvardiya jangchilarining Chikagoga yuborilishi mumkin bo‘lgan muddatlari haqida so‘ralganda, Noem ma’muriyat ushbu shaharda jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha operasiyalarni o‘tkazish uchun “qo‘shimcha resurslar ajratishni” rejalashtirayotganini, shu bilan birga bu rejalar haqida tafsilotlarni ma’lum qilishdan bosh tortganini ta’kidladi. Boshlovchi, shuningdek, undan Milliy gvardiya jangchilari Amerikaning boshqa shaharlariga, jumladan Boston (Massachusets shtati)ga joylashtirilishi mumkinmi, deb so‘radi.
"Menimcha, ko‘plab shaharlarda jinoyat va zo‘ravonlik muammosi bor, shuning uchun biz hech narsani istisno qilmayapmiz. Biz aralashish uchun resurslar va jihozlarga ega ekanligimizga ishonch hosil qilishga harakat qilmoqdamiz", dedi Noem. Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik shaharlar, jumladan Chikago, Boston va San-Fransisko, Kaliforniya, jinoyatchilikka qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish uchun federal hukumatga "qo‘llashi kerak".