Bu haqda Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan TRT Haber telekanali efirida ma’lum qildi.
"Bizdan hech qachon rasmiy yoki norasmiy tarzda Venesuela prezidenti Maduroni qabul qilish so‘ralmagangan. Maduroning o‘zi ham Turkiyaga kelish masalasida biz bilan hech qachon bog‘lanmagan. Bizga bu masalada hech qanday taklif berilmagan", — dedi Fidan.
Avvalroq The New York Times nashri Tramp Maduroga Venesuela prezidenti lavozimidan iste’foga chiqib, Turkiyaga jo‘nab ketishni taklif qilgani, biroq u bunga rozi bo‘lmagani haqida xabar bergan edi.