12 fevral kuni Belarus prezidenti Lukashenko AQSh fuqarosi va ikki belaruslik siyosiy mahbusni qamoqdan ozod qildi. Bu Vashington va Minsk o‘rtasida “katta kelishuv”ga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi AQSh Davlat departamentining Yevropa bo‘yicha yordamchi o‘rinbosari Kris Smit.
"Davlat departamenti xodimi amerikalik va ikki belaruslik siyosiy mahbusni Belarusdan olib chiqish bo‘yicha “maxsus operasiya”da shaxsan ishtirok etdi. Safar davomida Smit Minskda Lukashenko va mamlakat maxsus xizmati rahbari Tertel bilan uchrashdi", deb yozadi The New York Times manbalarga tayanib.