AQSh harbiylari Sharqiy Tinch okeanida giyohvand moddalar tashish uchun ishlatiladigan kemaga zarba berdi.
Bu haqda AQSh Janubiy qo‘mondonligi (SOUTHCOM) ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda uch nafar giyohvand moddalar savdogari halok bo‘lgan.
"SOUTHCOM" qo‘mondoni general Frensis Donovanning ko‘rsatmasi bilan 26 aprel kuni "SOUTHCOM" qo‘shma maxsus kuchlari kemaga zarba berdi... Razvedka uning Sharqiy Tinch okeanida ma’lum giyohvand moddalar kontrabandasi yo‘llarini kuzatib borayotganini va giyohvand moddalar savdosi uchun foydalanilayotganini tasdiqladi", deyiladi bayonotda.
SOUTHCOMning aniqlik kiritishicha, operasiya davomida AQSh harbiy xizmatchilaridan hech biri jarohatlanmagan.
O‘tgan shanba kuni AQSh harbiylari Tinch okeanida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kemaga zarba berilgani va ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berishdi.