Nashrning yozishicha, Donald Tramp ma’muriyati Kuba bilan iqtisodiy kelishuv tayyorlamoqda va bu haqda yaqin orada e’lon qilinishi mumkin. Taxmin qilinayotgan kelishuv tafsilotlari va aniq muddati hozircha noma’lum.
"Kelishuv amerikaliklarning Kubaga sayohat qilishlari bo‘yicha cheklovlarni yumshatishni o‘z ichiga olishi mumkin. Trampga bu kabi cheklovlarni yumshatish uchun Kongress roziligi talab etilmaydi", deyiladi xabarda.
Kelishuv doirasida Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel uchun orolni tark etish va Kastro oilasi uchun unda qolish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, hujjat Kuba portlaridan foydalanish, energetika va turizm masalalarini o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Donald Tramp davlat kotibi Marko Rubio kelishuvga erishish uchun Kuba hukumati bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgandi.