Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Kongressi Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi

Xabar berilishicha, 5 iyun kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda hujjatni Vakillar palatasining 226 nafar a’zosi qo‘llab-quvvatladi, 195 nafari esa qarshi chiqdi. Yoqlab ovoz berganlar orasida 207 nafar demokrat, 18 nafar respublikachi va bir nafar mustaqil kongressmen bor. Mazkur tashabbus kuchga kirishi uchun avval uni AQSh Senati ham tasdiqlashi kerak, hatto hujjat Kongressning yuqori palatasida ma’qullangan taqdirda ham, Donald Tramp veto huquqidan foydalanishi mumkin.

Qonun loyihasi aprel oyida ko‘rib chiqish uchun kiritilgan bo‘lib, u Ukrainani tiklash uchun maxsus jamg‘arma tashkil etishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, u AQSh prezidentining Ukraina va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga kredit yoki ijara mexanizmlari orqali mudofaa vositalarini yetkazib berish vakolatlarini tiklaydi.

Hujjatga ko‘ra, Pentagon 2027 yil oxirigacha Ukrainaga razvedka ko‘magini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. O‘z navbatida, Davlat departamenti Boltiqbo‘yi mamlakatlarining qurolli kuchlari va chegara tuzilmalari imkoniyatlarini kuchaytirish majburiyatini oladi.

Hujjat Rossiyaga bosim o‘tkazish vositalarini ham kengaytiradi. AQSh prezidenti qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish, Rossiya shaxslari va tashkilotlarining aktivlarini bloklash, shuningdek, yangi eksport cheklovlari va bojlarni belgilash huquqiga ega bo‘ladi. Bu choralar Moskvaning urush olib borish bo‘yicha iqtisodiy imkoniyatlarini yanada cheklashga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 12:34. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!