Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh kompaniyalari bilan investisiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

AQSh kompaniyalari bilan investisiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi arafasida AQShning yetakchi kompaniyalari delegasiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda AQSh Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporasiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek, AQSh – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda “Air Products”, “Cove Capital”, “Templeton Global Investments”, “Boeing”, “77 Construction”, “BlackRock”, “FLS”, “Visa”, “JP Morgan”, “Meta”, “GULF” korporasiyalari rahbarlari va yana bir qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari mazkur uchrashuv oxirgi yillarda vujudga kelgan yaxshi an’ananing davomi, AQSh ishbilarmonlarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqishi ortib borayotganining tasdig‘i ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning asosiy tayanch nuqtalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Mamlakatimiz yetakchisi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator dolzarb yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Muhim minerallarni o‘zlashtirish va qayta ishlash, energetika, metallurgiya, moliya, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va boshqa ko‘plab sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

AQShning yirik kompaniyalari rahbarlari investorlar samarali faoliyat yuritishiga yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘zlarining aniq taklif va rejalarini bayon etdilar.

Davra suhbati yakunida AQShning yetakchi kompaniyalari bilan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: Bugun 16:41. O'qildi: 133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!