Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh kemalarga Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishdan saqlanishni tavsiya qilmoqda

AQSh kemalarga Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishdan saqlanishni tavsiya qilmoqda

AQSh Eronning davom etayotgan harakatlari va xalqaro huquqni buzgan holda Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatishga qaratilgan noqonuniy urinishlariga javoban Eronning barcha portlari va qirg‘oq hududlarini blokada qilmoqda.

Bu haqda AQSh Navigasiya markazi ma’lumotlariga tayangan holda Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo kemalari harakatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (UKMTO) xabarida aytilmoqda.

«Ushbu blokada bayrog‘i yoki qaysi davlatga tegishli ekanidan qat’i nazar, barcha kemalarga nisbatan qo‘llaniladi. Ummon qo‘ltig‘i va Hormuz bo‘g‘ozidagi neytral portlar o‘rtasida neytral yuklarni tashiyotgan yoki bo‘sh holda harakatlanayotgan neytral kemalar tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, joriy geosiyosiy vaziyatdan kelib chiqib, kemalarga Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishdan saqlanish tavsiya etilayotgani qayd etilgan.

Kiritildi: 18:20 28.10.2026. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!