Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh kelishuvga erishish uchun Kuba bilan muzokaralar olib bormoqda

AQSh kelishuvga erishish uchun Kuba bilan muzokaralar olib bormoqda

Qo‘shma Shtatlar yetakchisining aytishicha, Kuba uzoq yillardan beri tanazzul holatida bo‘lib kelmoqda va hozirda Venesuelaning qo‘llab-quvvatlashidan ham mahrum. Shu sababli ham AQSh kubaliklar va Kubadagi eng yuqori lavozimdagi rasmiylar bilan muloqot olib bormoqda.

Tramp, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarga kelgan va Kubada “juda yomon” munosabatga duch kelgan shaxslar masalasi muzokaralarning muhim qismi ekanini ta’kidladi. U bu insonlarning manfaatlari ta’minlanishi va ularning Kubaga qaytishi imkoniyati yaratilishini istashini bildirdi.

Shu bilan birga, Tramp muzokaralar natijasida Kuba bilan kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!