AQSh ma’muriyati Kambodja va Tailand o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni olqishlaydi va har ikki tomonni tinchlik shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqiradi.
Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio o‘z bayonotida ma’lum qildi.
"Biz Kambodja va Tailandni ushbu majburiyatlarni zudlik bilan bajarishga va Kuala-Lumpur tinchlik kelishuvi shartlarini to‘liq bajarishga chaqiramiz”, — deyiladi AQSh Davlat kotibi bayonotida.