Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Isroilning G‘azoni bosib olish rejasiga qarshi chiqdi

AQSh Isroilning G‘azoni bosib olish rejasiga qarshi chiqdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroil tomonidan taklif etilgan G‘aza sektoridagi bosqinni davom ettirish rejasiga rozi bo‘lmadi. Bu haqda Axios nashri muzokaralar bilan tanish manbalarga tayanib xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va Isroilning strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer Oq uyda uchrashuv o‘tkazishgan. Muzokaralarda Qatar vakili ham ishtirok etgan.

Mazkur uchrashuvda o‘t ochishni to‘xtatish shartlari muhokama qilingan, ammo AQSh Isroilning G‘azoni okkupasiya qilish rejasini qo‘llab-quvvatlamagan.

Kiritildi: 19:05 10.07.2025. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!