AQSh Eron hujum qilgan taqdirda Isroilning xavfsizligini mustahkamlash uchun havo hujumidan mudofaa tizimini Isroilga topshiradi.
Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi amerikalik amaldorlarga tayanib xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, prezident Jo Bayden ma’muriyati tizimni ekspluatasiya qilishda yordam beradigan amerikalik harbiylar bilan birga yuborishni rejalashtirmoqda.