Bu haqda AQSh Moliya vazirligi rahbari Skott Bessent ma’lum qildi.
"Shunday qilib, 150 yillik yubileyga Kalvin Kulidj (AQShning 30-prezidenti) tasviri tushirilgan tanga chiqarilgan edi. Bizda prezident Tramp tasviri tushirilgan shunday tanga bo‘ladi, shuningdek, Vakillar palatasida Tramp suratini 250 dollarlik banknotaga joylashtirish to‘g‘risida qonun loyihasi mavjud", – deya ta’kidladi Bessent.
Avvalroq, Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu qarorni tanqid qilgan edi.
"Endi amerikaliklar oziq-ovqat, benzin, ijara va sog‘liqni saqlash uchun ko‘proq pul to‘layotganlarida aynan kimni ayblashni aniq bilib olishadi", — degandi.
Shuningdek, bu qarorni qo‘llab-quvvatlash uchun Oq uy milliy valyutani chop etishga mas’ul bo‘lgan idoraga bosim o‘tkazmoqda.