AQSh Hindistonning Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishini savdo bitimi tuzishning asosiy sharti deb biladi.
Bu haqda Reuters manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Ushbu manbalarga ko‘ra, "AQSh muzokarachilari hindistonlik hamkasblariga Vashington va Nyu-Dehli o‘rtasida bojlarni pasaytirish va savdo bitimini tuzish uchun Rossiya neftini xarid qilishni cheklash zarurligini aytishgan". AQSh tomoni savdo muzokaralari “yaxshi ketmoqda”, deb hisoblaydi, biroq “AQShning bozorga kirish, savdo tanqisligi va Rossiyadan neft yetkazib berish bilan bog‘liq asosiy tashvishlarini hal qilish uchun qo‘shimcha ish olib borish zarur”.