Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh harbiylari "Tren-de-Aragua" to‘dasi rahbari Nino Gerreroni yo‘q qildi

AQSh harbiylari "Tren-de-Aragua" to‘dasi rahbari Nino Gerreroni yo‘q qildi

Operasiya Venesuela kuchlari bilan hamkorlikda Trampning buyrug‘iga binoan o‘tkazildi.

Qo‘shma Shtatlar harbiylari Venesuela kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan holda, Donald Trampning buyrug‘iga binoan Venesuelaning eng yirik "Tren-de-Aragua" jinoiy to‘dasi yetakchisi Nino Gerreroni o‘ldirdi. Bu haqda Tramp Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.

"Mening ko‘rsatmamga binoan AQSh Qurolli Kuchlarining Janubiy qo‘mondonligi tezkor va halokatli kinetik zarba berib, sayyoradagi eng vaxshiy terrorchilik tashkilotlaridan biri — "Tren-de-Aragua"ning mash’um rahbari Nino Gerreroni muvaffaqiyatli yo‘q qildi", — deb yozadi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh halok bo‘lganlar, ularning oilalari va yaqinlari uchun qasos olgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z ma’muriyati ish boshlashi bilanoq ushbu to‘dani xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritgan, "minglab xavfli jinoyatchilarni" deportasiya qilgan va "kartellarga qarshi urush" e’lon qilgan.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!