Vladimir Zelenskiy Rossiyadan 12 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi.
"Eng asosiysi shundaki, biz dushanba, 12 maydan boshlab kamida 30 kun davom etadigan to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishni boshlashga kelishib oldik. Biz buni Rossiyadan birgalikda talab qilamiz. Qo‘shma Shtatlar buni qo‘llab-quvvatlashini bilamiz. So‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish degani — hech qanday shartlarsiz to‘xtatishdir", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Xohlovchilar koalisiyasi” uchrashuvidan so‘ng.
Zelenskiyning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish har tomonlama, ya’ni havoda, dengizda va quruqlikda bo‘lishi zarur.
"Agar Moskva to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, Rossiyaning energetika sohasi va bank tizimiga qarshi yanada qattiqroq sanksiyalar joriy etilishi kerak", deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Bunga o‘xshash bayonotni avvalroq Kiyevda bo‘lib o‘tgan “Xohlovchilar koalisiyasi” uchrashuvidan so‘ng Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ham bildirgan edi.