Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Grenlandiyani anneksiya qilishi mumkin — Tramp

AQSh Grenlandiyani anneksiya qilishi mumkin — Tramp

13 mart kuni Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda Qo‘shma Shtatlar prezidenti orolning anneksiya qilinishi mumkinligi haqidagi savolga "O‘ylaymanki, shunday bo‘ladi. Bizga Grenlandiya xalqaro xavfsizlik uchun kerak", — deb javob berdi.

Tramp, shuningdek, Ryutte Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishida "muhim rol" o‘ynashiga ishonch bildirdi. O‘z navbatida, Mark Ryutte "NATO'ni bu masala bo‘yicha muhokamalarga tortmoqchi emasligini" aytdi, lekin Rossiya va Xitoyning orolga qiziqishi ortib borayotganligi sababli Arktika xavfsizligi uchun Grenlandiya muhimligini tan oldi.

Daniya parlamentining mudofaa qo‘mitasi raisi Rasmus Yarlov esa AQShning da’volari "NATO'ga a’zo ikki davlat o‘rtasida urushga" olib kelishi mumkinligini bildirdi va Ryuttening xatti-harakatlarini tanqid qildi.

"Grenlandiya yaqindagina Daniyadan darhol mustaqill bo‘lishga qarshi ovoz berdi va hech qachon AQSh tarkibiga kirishni istamaydi", — deya qo‘shimcha qildi Yarlov.

Kiritildi: 12:39 14.03.2025. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!