AQSh Davlat departamenti Green Card (DV-2026) xilma-xillik vizasi lotereyasi 2026 yil 10 apreldan boshlanishini e’lon qildi.
Yangilangan qoidalarga ko‘ra, ishtirokchilar uchun bir qator yangi talablar joriy etilgan:
— ariza topshirishda amaldagi pasport bo‘lishi shart;
— ro‘yxatdan o‘tish uchun 1 dollarlik to‘lov joriy qilingan:
— avvalgidek faqat yosh emas, balki to‘liq tug‘ilgan sana ko‘rsatilishi talab etiladi:
— har bir ishtirokchi faqat bitta ariza topshirishi mumkin:
— takroriy arizalar avtomatik ravishda diskvalifikasiyaga olib keladi.
Lotereya orqali g‘olib bo‘lganlar AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi Green Card’ni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi.