AQSh Davlat departamenti G‘azodan kelgan shaxslarga tashrif vizalari berishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu qarorga ba’zi gumanitar tashkilotlarning «HAMAS kabi guruhlar bilan aloqadorligi» haqidagi dalillar sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Davlat kotibi Marko Rubioga ko‘ra, endilikda mazkur vizalar berish jarayoni qayta ko‘rib chiqiladi.
«Biz HAMASga aloqador yoki ularga xayrixoh tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqchi emasmiz», – dedi u.
Gumanitar tashkilotlar bu qarorni tanqid qilib, dastur «qochqinlarni joylashtirish emas, balki tibbiy davolashga qaratilganini» ta’kidladi.