Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh G‘azo bo‘yicha yangi rejaning 90 foiziga rozi bo‘ldi

AQSh G‘azo bo‘yicha yangi rejaning 90 foiziga rozi bo‘ldi

Amerika rasmiylarining G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi rejasi 90 foizga kelishib olindi, deb yozadi «TASS» AQSh ma’muriyati vakiliga tayanib.

Hujjat 18 ta banddan iborat bo‘lib, ulardan 14 tasi to‘liq va oldingi bitim bo‘yicha takliflar bilan bir xil. Bir bandda texnik tuzatish mavjud, qolgan uchtasi esa asirlar va garovga olinganlarni almashish bilan bog‘liq. Kelishuv, jumladan, XAMASning gumanitar manfaatlar bo‘yicha taklifida ilgari surgan shartlar bo‘yicha yakunlandi.

AQSh rasmiysiga ko‘ra, kelishuv uchta asosiy komponentdan iborat. Birinchisi, insonparvarlik, bu G‘azo aholisi uchun imtiyozlar. Ikkinchisi, garovga olinganlarni falastinlik asirlarga almashtirish. Uchinchi qism - Isroil kuchlarining bir qismini qayta joylashtirishni o‘z ichiga olgan sulh bitimi. Amerika ma’muriyati vakili Qo‘shma Shtatlar tomonidan taklif qilingan rejaning amalga oshirilishi G‘azo sektorida «urushning to‘liq tugashiga olib kelishiga» ishonch bildirdi.

Kiritildi: 03:25 05.09.2024. O'qildi: 1235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!