Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Federal tergov byurosi direktori Kesh Patel Rossiyaga bordi

AQSh Federal tergov byurosi direktori Kesh Patel Rossiyaga bordi

AQSh Federal tergov byurosi (FQB) direktori Kesh Patel uchrashuv o‘tkazish uchun Rossiyaga keldi.

Bu haqda MS NOW nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Reuters agentligi izoh olish uchun FQB vakillariga murojaat qildi. Hozircha Patelning Rossiyaga kelishi haqida byurodan rasmiy ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh Federal tergov byurosi direktori Kesh Patelning mamlakatga kelishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi. Brifingda u bunday tashriflar odatda oldindan e’lon qilinmasligini ta’kidladi.

Manbalarga ko‘ra, Patel bir qator uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan, biroq Patel kimlar bilan uchrashishiga aniqlik kiritilmagan.

Patelning Rossiyaga tashrif buyurish rejalari haqida iyul oyida Politico manbasiga tayanib xabar bergan edi. Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, FQB direktori avval Moskvaga, keyin esa Sankt-Peterburgga boradi. U Rossiyada Federal xavfsizlik xizmati (FSB) vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:32 14.10.2026. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!