AQSh Federal sudi Donald Trampga suiqasd qilishga urinish ishi bo‘yicha Rayan Rautni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Hodisa 2024 yil sentyabr oyida Florida shtatining Uest Palm Bich shahrida sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Raut o‘sha paytda Tramp bo‘lgan golf maydoni yaqinida miltiq bilan yashiringan. Gumonlanuvchini AQSh Maxfiy xizmati xodimi payqab qolgan, shundan so‘ng u qo‘lga olingan. Hodisa oqibatida Donald Tramp jabrlanmagan.
Sud Rautni bir nechta jinoiy moddalar, jumladan, AQSh prezidentligiga nomzodni o‘ldirishga urinish, o‘qotar qurolga noqonuniy egalik qilish va federal agentga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha aybdor deb topdi. Unga muddatidan oldin ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga qo‘shimcha ravishda qurol epizodi bo‘yicha yetti yillik jazo tayinlandi.
Rautning o‘zi sud jarayonida qotillik sodir etish niyatida bo‘lmaganini ta’kidladi, biroq sud bu dalillarni asossiz deb topdi. Hukm e’lon qilingandan so‘ng, Raut sud zalida o‘ziga zarar yetkazmoqchi bo‘ldi, ammo federal marshall xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatildi.