Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Falastinni qo‘llab-quvvatlagan imomni deportasiya qilishga qaror qildi

AQSh Falastinni qo‘llab-quvvatlagan imomni deportasiya qilishga qaror qildi

AQShda Viskonsin shtatining eng yirik masjidi imomi Saloh Sarsurni mamlakatdan deportasiya qilish haqida qaror chiqarildi. Sarsur Falastin huquqlarini qo‘llab-quvvatlab kelgan va AQShda qariyb 30 yildan buyon qonuniy yashab kelgan.

Imom mart oyida AQSh Immigrasiya va Bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari tomonidan hibsga olingan va 80 kundan ortiq vaqt hibsda saqlangan. Keyin federal sud uni ish ko‘rib chiqilguniga qadar ozod qilishga ruxsat bergan.

Endi immigrasiya sudyasi Jeymi Salinardi Sarsurni deportasiya qilish haqida qaror qabul qilgan. Advokatlarining aytishicha, qaror AQSh davlat kotibi Marko Rubioning Sarsur faoliyati mamlakatning antisemitizmga qarshi kurash borasidagi tashqi siyosatiga zarar yetkazishi mumkinligi haqidagi xulosasiga asoslangan.

Sarsurning himoyasi mazkur qaror AQSh Konstitusiyasida kafolatlangan so‘z erkinligiga tahdid solishini ta’kidlab, qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Sarsur esa mamlakatda qolish huquqi uchun kurashni davom ettirishini aytdi. Uning olti nafar farzandi va o‘n nafar nabirasi AQSh fuqarolari hisoblanadi.

Kiritildi: 14:50 03.10.2026. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!