Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh yevropalik siyosatchilarni antisemitizm sabab JCH-2026 ga kiritmasligi mumkin

AQSh yevropalik siyosatchilarni antisemitizm sabab JCH-2026 ga kiritmasligi mumkin

AQSh hukumati 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati arafasida yevropalik amaldorlarga nisbatan kutilmagan cheklovlarni e’lon qildi. Donald Tramp ma’muriyati yahudiylarga nisbatan adovat (antisemitizm) ruhida siyosat yuritayotgan yoki shunday bayonotlar berayotgan vazir va yetakchilarni mamlakatga kiritmaslik bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Euractiv nashri xabar bermoqda.

AQShning maxsus vakili Yexuda Kaplunning ta’kidlashicha, Vashington yahudiylarga qarshi nafrat uyg‘otuvchi amaldorlarga “qizil kartochka” ko‘rsatadi. Bu esa ular JCH—2026 o‘yinlariga kela olmasligini anglatadi.

Kaplunning fikricha, hozirda Yevropada yahudiylarga nisbatan adovat darajasi 1933-yildagi holatga tenglashgan. Oxirgi haftalarda Belgiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyadagi ibodatxonalarga hujumlar uyushtirilgani xavotirlarni yanada oshirgan.

Xususan, Belgiya hukumati yahudiy arboblariga nisbatan sud ishini boshlagani uchun AQSh tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Shuningdek, Kaplun Bryusseldagi uchrashuvda germaniyalik diplomatlar bilan ham tortishib qolgan. U Yevropani jinoyatchilik va nafratga nisbatan “yumshoqlikda” ayblagan bo‘lsa, yevropaliklar bu iddaolarga e’tiroz bildirgan.

Ma’lumot uchun, tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan mazkur Jahon chempionati uchta davlat — AQSH, Meksika va Kanada hududlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etishi belgilangan.

Kiritildi: 23:40 17.04.2026. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!