Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Yevropada yadro qurolini joylashtirishni kengaytirishi mumkin

AQSh Yevropada yadro qurolini joylashtirishni kengaytirishi mumkin

AQSh Yevropaning NATOga a’zo davlatlarida yadro qurolini joylashtirish geografiyasini kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Gap, xususan, yadroviy zarba berish qobiliyatiga ega ikki tomonlama maqsadli samolyotlar haqida ketmoqda.

«Amerikalik mulozimlar allaqachon yadro quroli tashuvchi bombardimonchi samolyotlarga ega bo‘lgan oltita davlatdan tashqari, yana qo‘shimcha joylashtirishga tayyor ekanliklarini ishora qilishdi», — deb yozadi Financial Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib.

Ta’kidlanishicha, ushbu taklifga Boltiqbo‘yi davlatlari va NATOning sharqiy qanotidagi ayrim mamlakatlar, jumladan Polsha qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:06. O'qildi: 169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!