AQSh Moliya vazirligi Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini 14 nafar shaxs va beshta yuridik shaxsga kengaytirdi.
Tegishli hujjat Chet el aktivlarini nazorat qilish idorasi (OFAC) veb-saytida e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh cheklovlari endi Iroq, BAA, Suriya va Livan fuqarolariga ham qo‘llaniladi. Shuningdek, cheklovlar Iroq, BAA va Livan kompaniyalariga, jumladan, Ayn Al-Iraq Company; Al-Brouj Company for Contracting, General Trading, Transportation Ltd; Gold Pro SARL; Shams and Bahr Trading Company L.L.C; Yousef Ibrahim Mansour and Partner for Exchange kompaniyalariga ham joriy etildi.
Bundan tashqari, Eronga qarshi "Iqtisodiy qaroqchi davlat" operasiyasi doirasida Departament sanksiya qo‘llanilgan yuridik shaxslar bilan moliyaviy operasiyalarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi lisenziyalar berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilishini e’lon qildi. Hujjatga ko‘ra, bunday so‘rovlar rad etiladi. Agar bunday arizalarni ko‘rib chiqish qonun bilan talab qilinsa yoki ariza beruvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga tasdiqlangan tahdid mavjud bo‘lsa, istisnolar kiritilishi mumkin.
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilish Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari va kompaniyalarining ro‘yxatdagi shaxslar bilan biznes qilishini taqiqlashni o‘z ichiga oladi.