Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Eronga uning yadroviy inshootlariga zarbalari bir martalik operasiya ekanligini va Tehrondagi rejimni o‘zgartirishga qaratilgan harakat emasligini bildirgan

AQSh Eronga uning yadroviy inshootlariga zarbalari bir martalik operasiya ekanligini va Tehrondagi rejimni o‘zgartirishga qaratilgan harakat emasligini bildirgan

Bu haqda The Wall Street Journal nashri amerikalik yuqori martabali amaldorga tayanib xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, Vashington bu xabarni arab davlatlari orqali Tehronga yetkazgan. Arab rasmiylaridan birining WSJ bilan suhbatda aytishicha, AQSh Eron rejimini ag‘darish niyatida emasligini ta’kidlagan. Shuningdek, Vashington vositachilar orqali Tehronni yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarga qaytishga chaqirgan.

"Qo‘shma Shtatlar Isroil bilan bir necha hafta davom etgan muzokaralar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muvofiqlashtirishdan so‘ng Eronning yadroviy ob’ektlariga zarbalar berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan", deb yozadi The Wall Street Journal.

CNN telekanalining manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti hozircha Eronga yangi zarbalar rejalashtirmayapti. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, Donald Tramp mazkur hujum Eronni muzokaralarga majbur qiladi, deb hisoblaydi.

Avvalroq Tramp Eronga hujumlar bo‘yicha ikki haftalik tanaffus berilishini ma’lum qilgandi, shunga qaramay, AQSh bugun zarbalarni amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:32 22.06.2025. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!