Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Erondagi qutqaruv operasiyasi davomida o‘z samolyotlarini yo‘q qilishga majbur bo‘ldi

AQSh Erondagi qutqaruv operasiyasi davomida o‘z samolyotlarini yo‘q qilishga majbur bo‘ldi

CBS News telekanalining xabariga ko‘ra, uchuvchini qutqarish vaqtida ikkita Qo‘shma Shtatlar transport samolyoti dushman qo‘liga tushmasligi uchun joyida portlatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bortlar texnik sabablarga ko‘ra vaqtinchalik maydonni tark eta olmagan.

Reuters agentligining yozishicha, amerikalik uchuvchi ikki sutka davomida tog‘larda yashirinib yurgan va tunda evakuasiya qilingan. Operasiya davomida MQ Reaper dronlari uchuvchiga yaqinlashgan Eron qidiruv guruhlariga havodan zarbalar berib, uni himoya qilib turgan.

Avvalroq Tramp ushbu amaliyotni AQSh tarixidagi "eng jur’atli qutqaruv operasiyalaridan biri" deb atagan va u talofatlarsiz o‘tganini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 13:55 05.04.2026. O'qildi: 1230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!