Tasnimning xabar berishicha, Islomobodda o‘tayotgan AQSh va Eron delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralar 12 aprelgacha davom etishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 15:00 atrofida boshlangan va hozircha rasman yakunlanmagan.
Agentlik ta’kidlashicha, muzokaralar umumiy muhokamalardan chiqib, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha texnik bosqichga o‘tgan.
Uchrashuv kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
— xorijiy banklardagi Eron hisoblarini muzlatishni bekor qilish
— Livan janubidagi Isroil hujumlarini to‘xtatish
— Hormuz bo‘g‘ozini ochish
Amerika delegasiyasi tarkibiga Jey Di Vens, Stiv Uitkoff va Jared Kushner kirgan.
Eron tomonidan esa Muhammad Bog‘ayer G‘olibaf hamda Abbos Aroqchi ishtirok etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 8 apreldan buyon AQSh va Eron o‘rtasida ikki haftalik sulh amal qilmoqda. Agar Islomoboddagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, Donald Tramp mintaqada harbiy harakatlarni qayta boshlashini bildirgan.