AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eronga qarshi tungi hujumlarning 12-to‘lqini yakunlanganini e’lon qildi.
Bu haqda CENTCOM bayonot berdi.
Qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh kuchlari Eron harbiy inshootlariga, jumladan, dengiz inshootlariga, raketa va dron saqlash joylariga, qirg‘oq kuzatuv inshootlariga va havo mudofaasi tizimlariga zarba berdi.
Bu hujumlar Eronning fuqarolik dengizchilari va tijorat kemalariga hujum qilish qobiliyatini yanada pasaytirishga qaratilgan.