Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Eron bilan muzokaralarni qayta yo‘lga qo‘yish uchun Avstriya va Gresiya bilan diplomatik aloqalarni faollashtirdi

AQSh Eron bilan muzokaralarni qayta yo‘lga qo‘yish uchun Avstriya va Gresiya bilan diplomatik aloqalarni faollashtirdi


Associated Press'ning xabar berishicha, AQSh davlat kotibi Marko Rubio 11 avgust kuni Avstriya tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Raysinger bilan Vashingtonda uchrashgan. Ertasi kuni esa Gresiya tashqi ishlar vaziri Yorgos Gerapetritis bilan telefon orqali gaplashgan. Ko‘p o‘tmay, Avstriya va Gresiya tashqi ishlar vazirlari Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan ham muloqot qilgan.

AQSh Davlat departamenti Rubio ulardan Vashington nomidan Tehronga biror xabar yetkazishni so‘ramaganini bildirgan. Biroq uchrashuv va suhbatlarda Eron masalasi muhokama qilinganini tasdiqlagan.

Associated Press suhbatlashgan yevropalik diplomatga ko‘ra, ushbu diplomatik aloqalarning ketma-ketligi tasodifiy emas.

"Avstriya Eron bilan navbatdagi muzokaralarni Venada o‘tkazishni taklif qilgan. Xalqaro atom energiyasi agentligining bosh qarorgohi ham shu shaharda joylashgan. 2015 yilda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha yakuniy muzokaralar ham Venada o‘tkazilgan edi. Gresiya esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va Qizil dengizdagi kema qatnovidan bevosita manfaatdor. Gerapetritis Aroqchi bilan suhbatda dengiz yo‘llarining ochiqligi va kemalarning erkin harakatlanishi muhimligini ta’kidlagan", deyiladi tahliliy maqolada.

AQSh va Eron o‘rtasidagi muloqotda Ummon, Qatar, Turkiya va Pokiston ham ishtirok etmoqda. Biroq muzokaralar hozircha aniq natija bergani yo‘q.

Kiritildi: 20:35 15.08.2026. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!