AQSh Eron bilan yuzaga kelgan mojaroni hal etish maqsadida ko‘plab aloqalarni amalga oshirmoqda va uzluksiz muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Jorjiya shtati Atlanta shahrida G20 davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
«Ko‘plab maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda. Aslida, maslahatlashuvlar va muzokaralar hech qachon to‘xtagan emas. Ular uzluksiz davom etmoqda. Ayrim hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, biroq ko‘pincha vositachilar orqali muloqot olib borilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp dunyodagi har qanday muammoni, agar imkoni bo‘lsa, diplomatik va tinch yo‘l bilan hal etishni afzal ko‘radi. U, afsuski, dunyoda tinch yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan ayrim muammolar ham borligini tan oladi. Biroq biz ularni aynan diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdorimiz», — dedi Rubio.