Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Eron bilan kelishuvning yangilangan tafsilotlarini oshkor qildi

AQSh Eron bilan kelishuvning yangilangan tafsilotlarini oshkor qildi

AQSh Eronning boyitilgan urani va Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuv shartlarini o‘zgartirmoqchi.

Manbalarga ko‘ra, Vashington boyitilgan uranni topshirish hamda Hurmuz bo‘g‘ozini qayta ochish bilan bog‘liq bandlarga qo‘shimcha aniqlik kiritishni rejalashtirmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vakilining aytishicha, Vashington Eronning boyitilgan uranini qabul qilish mexanizmi va muddatlarini yanada aniq belgilab olmoqchi.

«Biz AQSh ushbu materialni qanday qabul qilishi va bu jarayonning aniq muddatlari haqida batafsil muhokama qilyapmiz», — dedi u.

Yana bir amerikalik rasmiyning bildirishicha, Eron tomoni uch kun ichida takliflarga javob qaytarishi kutilmoqda.

«Ular tom ma’noda g‘orlarda o‘tiribdi va elektron pochtadan foydalanishmayapti», — dedi manba muzokaralar jarayonining sekin kechayotganini izohlar ekan.

Kiritildi: 22:48 31.05.2026. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!