Qo‘shma Shtatlar Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bilan aloqalari uchun uchta Eron fuqarosi va to‘qqizta kompaniyaga sanksiyalar kiritdi.
Bu haqda AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi bayonotida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga Gonkong va BAAdan to‘rtta kompaniya, shuningdek, Ummondan bitta yuridik shaxs kiritilgan.