AQSh Energetika vaziri Kris Rayt yadro xavfsizligi bo‘yicha o‘ta muhim mutaxassislarni yanglishib ishdan bo‘shatib yuborganini tan oldi.
"Bu to‘liq mening aybim. Lavozimga tasdiqlanganimdan keyingi birinchi haftadayoq "vaqtinchalik xodimlar" atamasi paydo bo‘ldi. Men buni noto‘g‘ri tushundim va bu 100 foiz mening xatom", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishdan bo‘shatilganlar vazirlikda ko‘p yillar davomida faoliyat yuritgan, biroq yaqindagina yangi lavozimlarga tayinlangan insonlar bo‘lgan. Raytning aniqlik kiritishicha, yakunda ikki kishidan tashqari barcha mutaxassislar ishga qaytgan.