Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh elchisi: "Bobomurod Abdullaning Qirg‘izistonda qo‘lga olinganidan tashvishdaman"

AQSh elchisi: "Bobomurod Abdullaning Qirg‘izistonda qo‘lga olinganidan tashvishdaman"

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblum Bishkekda jurnalist Bobomurod Abdullayevning hibsga olingani haqidagi xabarlar haqida fikr bildirdi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.

3/3 Further regarding Mr. Abdullayev: Pres Mirziyoyev spoke eloquently about media freedom and journalists’ rights in his Constitution Day speech last December, and many times since. The U.S. agrees that a free and independent media is indispensable to a functioning democracy.

— U.S. Ambassador to Uzbekistan (@UsAmbUzbekistan) August 13, 2020

“Men Qirg‘iziston rasmiylari O‘zbekiston hukumati talabiga binoan o‘zbek jurnalisti Bobomurod Abdullayevni hibsga olganliklari haqidagi xabarlardan qattiq xavotirdaman. Biz uning ishini diqqat bilan kuzatmoqdamiz”, – deb yozdi Amerika diplomatik vakolatxonasi rahbari tvitterda.

U ikki mamlakat hukumatlarini jurnalistning harakat erkinligini hurmat qilishga va Qirg‘izistondan o‘zi istagan yerga ketishga ijozat berishga chaqirdi.

«Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil dekabr oyida Konstitusiya kunidagi nutqida ommaviy axborot vositalari erkinligi va jurnalistlarning huquqlari to‘g‘risida so‘zlagandi. Amerika Qo‘shma Shtatlari erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari amaldagi demokratiyaning ajralmas sharti ekanligiga rozi”, – dedi Deniyel Rozenblum.

Ma’lumot uchun, Bobomurod Abdullayev 8 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxtida qo‘lga olindi. Endi jurnalistni vataniga topshirish masalasi hal qilinmoqda. 

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ, Nyu-York), Xalqaro Amnistiya va boshqa qator inson huquqlari tashkilotlari allaqachon Qirg‘iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevning ozod qilinishini so‘rab murojaat qilishgan.

Kiritildi: 14:47 14.08.2020. O'qildi: 1706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!