Bu haqda Reuters xabar berdi.
Agentlikning yozishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) va Ugandada Ebola bezgagi tufayli 80 ta shubhali o‘lim holati qayd etilganidan keyin, ushbu vaziyatni xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qildi. Shu munosabat bilan CDC epidemiyaga qarshi tezkor choralar ko‘rish markazini faollashtirdi va Afrikaga qo‘shimcha mutaxassislar jo‘natishni rejalashtirmoqda.
AQShning STAT News tibbiy nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kongo hududidagi bir nechta amerikaliklar mazkur virusni yuqtirib olish xavfi ostida qolgan va ulardan birida kasallik belgilari kuzatila boshlagan bo‘lishi mumkin. Hozircha test natijalari tayyor emas. Qo‘shma Shtatlar hukumati virus yuqtirganlikda gumonlanayotgan ushbu fuqarolarni xavfsiz karantin va davolanish joylariga evakuasiya qilish ishlarini muvofiqlashtiryapti.
CDC rasmiylari KDR va Ugandadagi hamkorlariga yordam berilayotganini tasdiqladi, biroq virus yuqtirganlar orasida AQSh fuqarolari bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumotni ochiqlamadi. Markaz vakillarining ta’kidlashicha, ayni paytda ushbu virusning Qo‘shma Shtatlar hududi uchun xavf darajasi pastligicha qolmoqda.