Pentagon rahbari Pit Xegset Rossiya va Xitoyni ortda qoldirish maqsadida dronlarni ishlab chiqarish va joylashtirishni tezlashtirishni buyurdi.
Bu haqda Xegsetning bir nechta eslatmalarini qo‘lga kiritgan Fox News telekanali ma’lum qildi.
Mudofaa vaziri bir qator byurokratik asoratlarni olib tashladi va uning fikricha, innovasiyalarga to‘sqinlik qilayotgan cheklovlarni bekor qildi. Hujjatlardan birida “Dronlarning halokatliligi endi o‘zimizga o‘rnatgan qoidalar bilan cheklanmaydi”, deyiladi. Birinchi marta polkovnik va kapitan unvoniga ega ofiserlar dronlarni, shu jumladan 3D-printerdan foydalangan holda yaratilganlarini mustaqil ravishda sotib olishlari va sinovdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ular tez va keraksiz tekshiruvlarsiz dronlardan foydalanishni boshlashlari mumkin bo‘ladi.