Bu haqda Financial Times gashri xabar bermoqda.
"AQSh Davlat kotibidan USAID'ning Ukrainadagi faoliyatini Amerikaning barcha tashqi yordamni 90 kunga to‘xtatish haqidagi direktivadan mustasno tarzda davom ettirish so‘ralyapti", deya xabar beradi nashr.
USAID'ning Ukrainadagi xodimlariga yuborilgan elektron xatda qayd etilishicha, hozircha bu so‘rov qisman yoki to‘liq qabul qilinishi noma’lum. Ammo Vashingtondan ijobiy signallar kelmoqda.
Davlat departamenti, USAID va AQShning Ukrainadagi elchixonasi FT'ning ushbu ma’lumotni izohlash haqidagi so‘rovlariga javob bermagan.