AQSh moliya vaziri Skott Bessentning ma’lum qilishicha, mamlakat ma’muriyati noyabrdagi Kongress saylovlaridan keyin davlat qarzini kamaytirish rejasini taqdim etadi.
Hozirda AQShning davlat qarzi 40,3 trillion dollarga yaqinlashmoqda.
“Prezident bilan byudjet xarajatlarini qisqartirish rejasi ustida ishlayapmiz. Uni oraliq saylovlardan keyin darhol taqdim etamiz, deb o‘ylayman”, — dedi Bessent
Newsmax nashriga bergan intervyusida.
Vazirning aytishicha, Oq uy byudjet taqchilligini kamaytirishda muayyan natijalarga erishgan. Endi davlat xarajatlarini cheklash choralarini ham ko‘rish zarur.