AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroga harbiy yo‘l bilan yechim yo‘qligini va muzokaralar zarurligini aytdi. Bu haqda TASS yozmoqda.
"Uch yildan beri davom etayotgan bu urush va siz ta’kidlaganingizdek, to‘g‘ri ta’kidladingiz, agar siz prezident bo‘lganingizda bunday bo‘lmasdi" - dedi Marko Rubio vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Amerika yetakchisi Donald Trampga murojaat qilib. "Ammo urush bo‘lmoqda va bunga chek qo‘yish kerak", - dedi u.
AQSh Davlat kotibiga ko‘ra, bu urushni harbiy yo‘l bilan tugatish mumkin emas.