AQSh ma’muriyati Kuba iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun boshqaruv tizimini o‘zgartirishi kerak, deb hisoblaydi.
Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi.
"Iqtisodiyot ularning boshqaruv tizimi o‘zgarmas ekan, o‘zgarmaydi. Bu juda oddiy", deb ta’kidladi u.
Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Kuba bunday o‘zgarishlarsiz iqtisodiy o‘sishga erisha olmaydi.
"Buni o‘zgartirish uchun biz rahbariyatni, mamlakat boshqaruv tizimini va iqtisodiy modelini o‘zgartirishimiz kerak", deb ta’kidladi u.
U shuningdek, masala aniq shaxslarda emas, balki uning fikricha, "ishlamayotgan" mavjud boshqaruv tizimida ekanligini aytdi.