Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Davlat departamenti Estoniyaga qurol sotib olishini ma’qulladi

AQSh Davlat departamenti Estoniyaga qurol sotib olishini ma’qulladi

AQSh Davlat departamenti Estoniyaga jami 296 million dollarga Javelin tankga qarshi raketalarni sotish bo‘yicha kelishuvni tasdiqlashga qaror qildi.

Bu haqda Pentagonning hukumatlararo shartnomalar bo‘yicha harbiy texnika va qurollarni xorijga yetkazib berishga mas’ul bo‘lgan Xavfsizlik sohasida hamkorlik agentligi ma’lum qildi.

Etkazib berish tarkibiga 800 ta FGM-148F raketalari, shuningdek, 84 ta qo‘mondonlik va uchirish bo‘linmalari va o‘quv snaryadlari kiradi. Bundan tashqari, bitim ehtiyot qismlar va tegishli uskunalarni, shuningdek, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv xizmatlarini o‘z ichiga oladi.

Etkazib beruvchi Amerikaning ikkita harbiy-sanoat konserni - RTX va Lockheed Martin o‘rtasidagi qo‘shma korxona bo‘ladi.

Kiritildi: 08:43 23.05.2025. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!