Eron tomonidan hujum qilish xavfi tufayli AQSh Buyuk Britaniyadagi RAF Fairford aviabazasidan barcha B-1 bombardimonchi samolyotlarini olib chiqib ketdi.
Bu haqda The Wall Street Journal nashni xabar bermoqda.
«Feyrford Qirollik Harbiy-havo kuchlari bazasida joylashgan barcha Amerika bombardimonchi samolyotlari AQShdagi o‘z bazalariga ko‘chirildi» - dedi Pentagon, avvalroq OAVda paydo bo‘lgan samolyotlarning ko‘chirilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlab.
Bayonotda aytilishicha, «tezkor xavfsizlik talablari bizga kuch va vositalarimizning real vaqt rejimida harakatlanishini tasdiqlash imkonini bermadi»
Barcha samolyotlar AQShdagi bazalarga qaytarildi. Ushbu qaror polisiya aviabaza yaqinida besh nafar erkakni ushlaganidan hamda keyinchalik terrorchilik hujumlarini rejalashtirishda gumon qilingan Buyuk Britaniya va Eron fuqarosini hibsga olganidan bir hafta o‘tib qabul qilindi.