Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh bosim chorasi sifatida Iroqqa dollar yetkazib berishni muzlatib qo‘ydi

AQSh bosim chorasi sifatida Iroqqa dollar yetkazib berishni muzlatib qo‘ydi

Vashington Iroq hukumatiga bosim o‘tkazish va mamlakat ichidagi Eronparast jangarilarni tarqatib yuborish maqsadida Iroqqa dollar kupyuralarini o‘tkazishni muzlatib qo‘ydi va Bag‘dod bilan qo‘shma xavfsizlik dasturlarini to‘xtatdi.

Bu haqda The Wall Street Journal xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Moliya vazirligi Nyu-York Federal Rezerv Bankidagi hisoblarda saqlanayotgan, Iroq neftini sotishdan tushadigan daromadni ifodalovchi taxminan 500 million dollarning o‘tkazilishini to‘sib qo‘ygan. Ta’kidlanishicha, bu AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyasi boshlanganidan beri Vashington Iroq uchun mo‘ljallangan naqd pul o‘tkazmasini kechiktirgan ikkinchi holat.

Bundan tashqari, AQSh tomoni Iroq qurolli kuchlari va terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalari uchun bir nechta o‘quv dasturlarini moliyalashtirishni muzlatib qo‘ydi. The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Vashingtonning bunday harakatlari Bag‘dodga bosimni kuchaytirish va Iroq-Eron aloqalarini buzishga urinishdan dalolat beradi.

Gazeta shuningdek, 2003 yilda Amerikaning Iroqqa bostirib kirishidan so‘ng, Iroq neft resurslarini sotishdan tushgan mablag‘ Nyu-York Federal Rezerv Bankiga o‘tkazilganini ta’kidlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, 2015 yilda Qo‘shma Shtatlar ushbu mablag‘larning bir qismi ISHID terrorchilik tashkilotiga yo‘naltirilayotgani haqidagi gumonlar tufayli Iroqqa naqd pul o‘tkazmalarini vaqtincha to‘sib qo‘ygan edi.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!