Eron yadroviy ob’ektlari shunchalik chuqurda joylashganki, AQSh bombalari ularni yo‘q qila olmasligi mumkin. Amerikalik sobiq razvedkachi Shumeyker Politico nashriga bergan sharhida shunday dedi.
Uning aytishicha, AQShning bunkerlarga qarshi bombalari 60 metrgacha chuqurlikka zarba bera oladi, Eron yadroviy ob’ektlari esa taxminan 90 metr chuqurlikda joylashgan.
Agarda amerikalik harbiylar bu ob’ektlarga zarba bera olgan taqdirda, ular joylashgan hududda shamol tufayli sezilarli darajada kimyoviy zaharlanish yuzaga kelishi mumkin, deb ogohlantirdi sobiq razvedkachi.